Moliya vazirligi axborot tizimida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi 

Iqtisodiyot 12:10 / 10.05.2018 6961

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritish qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar:

1. 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«BMJ — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi) huzuridagi byudjyetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi va Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;».

2. 3-ilovada:

a) 2 003-qatorlardagi va 3 007-qatordagi «Moliya vazirligi» degan so‘zlar «Vazirlar Mahkamasi» degan so‘zlar bilan almashtirildi;

b) 2 004-qatordagi «Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar» degan so‘zlar «Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish» degan so‘zlar bilan almashtirildi;

v) 3 002-qatordagi «Qishloq xo‘jaligini texnika bilan ta'minlashni davlat tomonidan rag‘batlantirish» degan so‘zlar «Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash» degan so‘zlar bilan almashtirildi;

g) 3 003-qatordagi «Umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash» degan so‘zlar «Ta'lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish» degan so‘zlar bilan almashtirildi;

d) 3 008-qatorlardagi «Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini» degan so‘zlar «Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni» degan so‘zlar bilan almashtirildi.

3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan kelishilgan.

Ko‘proq yangiliklar: