2018 yilda birinchi marta jismoniy shaxslar tadbirkorlarga qaraganda ko‘proq valyuta sotib oldi

Iqtisodiyot 15:00 / 10.05.2018 9828

Markaziy bank ma'lumotiga ko‘ra, 2018 yilda birinchi marta jismoniy shaxslar tadbirkorlarga qaraganda ko‘proq valyuta sotib oldi. 

Aprel oyida jismoniy shaxslar 24,57 million dollar sotib olgan bo‘lsa, xususiy tadbirkorlar - 22,28 million dollar. Taqqoslash uchun, mart oyida jismoniy shaxslar 14,6 million dollar sotib oldi, tadbirkorlar - 17,6 million dollar.

Qishda bu farq yanada kattaroq bo‘ldi - yanvar-fevral oylarida tadbirkorlar 44,78 million dollar sotib olgan bo‘lsa, jismoniy shaxslar - 26,65 million dollar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga pul jo‘natmalari hajmi 1,3 milliard dollarni tashkil etgani xabar berilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: