Rossiyada eng ko‘p sotiluvchi avtomobillar ma'lum, Ravon o‘z pozitsiyasini yo‘qotmoqda

Fan-texnika 08:49 / 09.05.2018 22081

Joriy yilning aprel oyida Rossiyada yangi avtomobillar sotuvi 17,6 foizga o‘sdi. Yevropa biznes uyushmasining hisobotiga ko‘ra, so‘nggi oyda 154 425 avtomobil sotilgan, bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 22,8 mingtaga ko‘pdir.

Mart va fevral oylari bilan taqqoslaganda, Rossiya bozoridagi eng ommabop beshta mashina o‘zgarishsiz qoldi: ro‘yxatda Kia Rio yetakchi, keyin Lada Vesta va Granta bormoqda, top-5ga esa Hyundai Solaris hamda Creta yakun yasagan. 

Eng ko‘p sotiluvchi 25ta avtomobil ichida Ravon’ning birorta modeli yo‘q. Ravon 2018 yil aprel oyida 576ta mashina sotdi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan (859) 32,9%ga kam.

Ishlab chiqaruvchilar orasida birinchi o‘rin «Lada»da. Aprel oyida 30,7 ming dona avtomobil sotilgan bo‘lib, bu avvalgi yilga nisbatan 17 foiz ko‘pdir. Keyingi pog‘onalardan Kia va Hyundai joy oldi, ular 19,5 ming hamda 15,8 ming avtomobil sotgan. 

Rossiyada yil boshidan buyon 545 ming 345 dona avtomobil xarid qilindi. 2017 yil davomida esa - 1 595 737 avtomobil.

Ko‘proq yangiliklar: