Amerikaning Walmart kompaniyasi Hindistonning Flipkart riteylerini sotib oladi

Fan-texnika 21:26 / 09.05.2018 2737

Amerikaning Walmart kompaniyasi Hindistonning Flipkart riteylerini sotib oladi. Bu haqda Flipkart investorlaridan biri bo‘lmish Softbank rahbari Masayoshi Son bayonotiga asoslanib, Reuters xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Walmart kompaniyasi umumiy narxi $20 mlrd bo‘lgan Flipkart aksiyalarining nazorat paketini xarid qilish uchun $10-$12 mlrd investitsiya kiritadi. Natijada, bu AQSh tarixidagi chakana savdo sohasida eng yirik xaridga aylanadi.

Flipkart –Hindistondagi eng yirik onlayn-magazin bo‘lib, kompaniya xizmatlaridan 100 milliondan ortiq odam foydalanadi. 2018 yil 8 may kuni riteylerning Android ilovasi Standout Build for Billions Experience kategoriyasida Google Play Awards g‘olibi bo‘lgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: