Tesla 123 mingta mashinasining qaytarib olinishida Bosch’ni ayblamoqda – OAV

Fan-texnika 08:49 / 08.05.2018 7259

AQShning Tesla kompaniyasi Model S sedanining ommaviy qaytarib olinishida detallar yetkazib beruvchi Bosch kompaniyasini aybdor deb hisoblamoqda. Bu haqda nomi ma'lum qilinmagan manbaga iqtibos keltirgan holda Handelsblatt nashri xabar berdi. 

Tesla fikricha, aynan nemis kompaniyasi mashinalarning qaytarib olinishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashi kerak. Biroq shu bilan birga ushbu ma'lumotning rasmiy tasdig‘i berilmagan. 

Tesla mart oxirida 2016 yil apreligacha ishlab chiqarilgan 123 mingta Model S elektrokarini servis markazlariga rul gidrokuchaytirgichi boltlarini almashtirish uchun chaqirtirib olishini e'lon qilgandi. Ta'kidlanishicha, boltlar sovuq iqlim sharoitida haddan ziyod korroziyalanishi sababli shikastlangan. 

Bosch kompaniyasi yetkazib beradigan detallarga yo‘llarda muzlashga qarshi ishlatiluvchi ma'lum turdagi tuz salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bu haqda Tesla’ning o‘z mijozlariga jo‘natgan rasmiy xatida aytilgan.

Boltlar yemirilishi oqibatida yuklamalarni ko‘tara olmay qoladi. Biroq Tesla bu nosozlik transport vositasi boshqaruvini yo‘qotishga olib kelmasligini kafolatlashini va bunda noqulaylik tug‘diradigan yagona narsa – haydovchi rulni burishda biroz ko‘proq kuch ishlatishiga to‘g‘ri kelishini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: