Roskomnadzor Google’ning oltidagi quyi tarmog‘ini blokdan chiqardi. Bu haqda idora rasmiy saytida xabar berilgan.
Ta'kidlanishicha, Google’ning 3,7 mln.dan ortiq IP-manzillari blokdan chiqarildi.
«Quyi tarmoqlar chetdagi internet-resurslar to‘g‘ri ishlashini ta'minlash maqsadida blokdan chiqarildi», - deyiladi xabarda.
Bayonotga ko‘ra, idora ko‘rsatilgan quyi tarmoqlar tarkibida bo‘lgan Telegram IP-manzillarini aniqlab, bloklamoqda. Ayni damda Roskomnadzor Telegram’ning blokdan chiqarilgan quyi tarmoqlarda foydalanilishini kuzatib bormoqda.