Odnoklassniki xitoy tovarlari marketpleysini ishga tushirdi, u har xil toifadagi tovarlarni tanlash, xaridni rasmiylashtirish va uni pochta orqali yetkazib berish imkonini beradi. Foydalanuvchilar kontentining integratsiyasi (UGC) yangi platformaning asosiy xususiyatiga aylanadi: blogerlar tovarlarga video-tavsif e'lon qilishi, guruh egalari esa – o‘z kataloglarini tuzish imkoniga ega bo‘lishlari mumkin. Video va kataloglar mualliflari tovarlarni sotib pul ishlashadi.
Odnoklassniki Rossiyada o‘z platformasida to‘laqonli marketpleysni ishga tushirgan birinchi ijtimoiy tarmoq bo‘ldi. OK tovarlar xaridi va xizmatlar ko‘rsatish borasidagi onlayn-servislarni rivojlantirishda davom etmoqda: ijtimoiy tarmoqda endi kino va konsertlarga biletlar xarid qilish, mobil telefoni va transport kartasi hisobini to‘ldirish mumkin. Marketpleysni ishga tushirib, OK bu yo‘nalishda yana bir qadam olg‘a bosmoqda – ijtimoiy tarmoqda guruhlar, lenta va videoplatforma onlayn-servislari bilan tovarlar xaridini integrallashtiradi.
Xaridorlar taniqli blogerlarning video-tavsiflari yordamida tovarlarni ko‘rib chiqishlari va baho berishlari, tovarlar haqidagi ma'lumotlarni ijtimoiy tarmoqdagi o‘z do‘stlari bilan o‘rtoqlashishlari va ularni o‘z yaqinlariga tavsiya etishlari mumkin. Yaqin vaqt ichida Odnoklassnikidagi guruhlarning egalari ham tovarlar bazasi yordamida o‘z uyushmalari uchun kataloglar tuzish va revenue share sxemasi bo‘yicha sotishlardan daromad olish imkoniga ega bo‘lishadi. Masalan, bolalar tovarlari guruhi ma'muri o‘z guruhi uchun guruh tematikasiga mos keluvchi narsalar bilan alohida vitrina tuzishi va ularni sotishdan daromad olishi mumkin bo‘ladi.
Blogerlar uchun Odnoklassnikida maxsus hamkorlik dasturi paydo bo‘ladi: marketpleysda taqdim etilgan tovarlarga video-tavsiflarni e'lon qilishgani uchun mualliflar ijtimoiy tarmoqda o‘sishga, keyinchalik esa revenue share sxemasi bo‘yicha sotishlardan daromad olishga erishishadi. Hamkorlik dasturi barcha mualliflar uchun bir oy ichida ochiladi.
OK internet-do‘koni flash sales formatida ishlaydi, ya'ni eng ommaviy tovarlarni tez sotish va barcha platformalarda, shu jumladan, dekstop va mobil versiyada ham, OK mobil ilovalaridan foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, marketpleysda tovarlar toifalari bo‘yicha izlash va kengaytirilgan navigatsiya mavjud. Yaqin vaqtlar ichida do‘konda foydalanuvchilarning talablari asosida personal tavsiyalar ishga tushadi.
Anton Fedchin, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i rahbari:
O‘z internet-do‘konimizni ishga tushirib, biz elektron tijorat yo‘nalishini rivojlantiramiz va “aralash voqelik” formatida navbatdagi qadamni qo‘yamiz: foydalanuvchilar xizmatlarga ega bo‘lishadi va faqat onlayn-servislarni ishlatib, haqiqiy daromad olishadi. Ijtimoy tarmoqda ilk bor xaridlarning to‘liq sikliga kirish mumkin: tovarni tanlashdan boshlab to buyurtmani joylashtirish va to‘lovgacha. Do‘kon bizning ijtimoiy platformamiz bilan to‘liq integrallashgan bo‘ladi. Tovarni xarid qilishdan tashqari, foydalanuvchilar kontent va kommunikatsiya uchun sabablarning yangi turlarini olishadi: ular tavsiflarni ko‘rish va o‘zlari ham tavsiflar tuzish, tovarlar haqidagi mulohazalar bilan o‘rtoqlashish, o‘z vitrinalarini tuzish va sotishlardan daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Foydalanuvchilarning barcha xaridlari to‘liq himoyalangan. To‘lov OK hisob qaydnomasiga bog‘langan bank kartasi bilan amalga oshiriladi, bunda agar tovar kelmasa yoki uning sifati xaridorga yoqmasa, ijtimoiy tarmoq pul mablag‘larni qaytaradi. Yetkazib berish butun Rossiya bo‘ylab bepul va pochta orqali amalga oshiriladi. Bunda buyurtma berilganidan keyin uch soat ichida xaridor uni bekor qilishi mumkin. Internet-do‘kon OKning mijozlarni kuniga 24 soat qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan integrallashgan, u sotib olish, qaytarish, yetkazib berish, tovar sifati bilan bog‘liq masalalarni yechishda yordam beradi.
Internet-savdo assotsiatsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyada chet eldan xaridlar jadal o‘smoqda: ushbu segmentning hajmi 2016 yilga nisbatan 34 % ga o‘sgan, bunda Xitoydan jo‘natmalarning ulushi butun chakana importning 90 % ini tashkil etadi.