Nissan Yevropada dizelli avtomobillar sotuvini to‘xtatmoqchi

Fan-texnika 16:59 / 08.05.2018 3135

Nissan kompaniyasi Yevropa bozorida dizelli dvigatellarga ega avtomobillar sotuvini to‘xtatmoqchi. Qaror talab pasaygani va zaharli moddalar bo‘yicha normalar kuchaytirilgani bilan bog‘liq. Aniq muddatlar hozircha xabar qilinmagan. Bu haqda Reuters yozmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, dizellari mashinalardan voz kechish bosqichma-bosqich kechadi. Shuningdek, Sanderlend shahridagi avtomobil zavodi shtatini qisqartirish ham choralardan biriga aylanadi. Shu bilan birga, marka vakili bu dizelli dvigatellar davri tugashidan dalolat bermasligi, hamda qisqa muddatli istiqbolda bu sodir bo‘lmasligini bildirdi.

Avvalroq, Volvo benzinli va dizelli dvigatellar ishlab chiqishga investitsiyalar kiritilishi to‘xtatilgani haqida ma'lum qilgandi. Agregatlarning hozirgi avlodi so‘nggisi bo‘ladi, mablag‘lar esa har bir model uchun kamida ikkita gibridli modifikatsiya chiqarishga sarflanadi.

Bosch kompaniyasi esa, aksincha, dizelli dvigatellarni qutqarishi va ularni tejamkor qilishi mumkin bo‘lgan qaror topganiga ishonchi komil. Muhandislar buning uchun faol termosozlash texnologiyasidan foydalanishni taklif etmoqda, u tashqariga chiqarib tashlanuvchi gazlar resirkulyatsiyasi tizimida optimal haroratni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: