O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Ichki bozorni sement bilan barqaror ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Qarorda ta'kidlanishicha, O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish hajmi va uning narxi shakllanishi mexanizmlari obektlarning qurilishi sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishini ta'minlashga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Hujjatga ko‘ra, monopol korxonalar ikki tomonlama shartnomalar bo‘yicha yashash sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoji bor fuqarolar uchun arzon uy-joylar, ijtimoiy soha, transport infratuzilmasi va markazlashtirilgan manbalar hisobidan suv xo‘jaligi obektlari qurilishini amalga oshiruvchi pudrat tashkilotlariga har bir tonnasini 367 ming so‘mlik narx bilan, 100 foiz avvaldan pul to‘langan holda 2 million tonna hajmida sement sotadilar.
O‘zbekiston rahbari sement ishlab chiqaruvchilari uchun olingan daromad katta foyda hisoblanuvchi cheklov miqdorini ham oshirdi.
Xususan, sement uchun soliq solinuvchi baza miqdori bir tonna uchun 145 ming so‘mdan 280 ming so‘mgacha va klinker uchun - 120 ming so‘mdan 260 ming so‘mgacha oshdi.
Prezident Vazirlar Mahkamasiga birja savdolarida narxlarning kon'yunkturasi asosida soliq solinadigan bazaning miqdorini qayta ko‘rib chiqish huquqini berdi.