Alkogolizmga qarshi ilk dori vositasi sinovdan o‘tkazildi

Fan-texnika 17:01 / 08.05.2018 33770

Texas Universitetining olimlar guruhi spirtli ichimliklarga tobe'likka qarshi ilk dori vositasini sinovdan o‘tkazdi. Neuropsychopharmacology jurnalida shunga doir tadqiqot haqida ma'lumot berildi. 

Chuvalchanglar va kalamushlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan JVW-1034 moddasi neyronlar zanjiriga ta'sir o‘tkazadi va ularning mutatsiyasi oldini oladi. Bundan tashqari, preparat spirtli ichimliklar iste'molidan keyin yuzaga keladigan salbiy belgilarni bartaraf etadi. 

Aklogolizmga qarshi boshqa tajribaviy dori vositalari ham mavjud, biroq ularning bari yo yaxshi ta'sir qilmaydi, yoki kuchli salbiy aks ta'sirga ega. Yangi JVW-1034 moddasi boshqa neyronlar zanjiriga ta'sir qiladi, shu bois bunday salbiy xususiyatlarga ega emas, - deydi Ostindagi Texas Universiteti xodimi Jyeyms San.

U shuningdek olimlar bir necha yuz molekulalarni sintezlab, tobe'likning asosiy manbai hisoblangan sigma-retseptorlarni bloklashning uddasidan chiqishganini ta'kidladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: