Bugungi kunda aholining oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda oziq-ovqat sanoati muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mahalliy oziq-ovqat va xomashyo ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish, bozorga xavfsiz va sifatli oziq- ovqat mahsulotlarini iste'mol me'yorlarida belgilangan assortimentda yetkazish asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin yurtimizda yuqori texnologiyalarga asoslangan oziq-ovqat sanoati shakllanib, bugungi kunda u iqtisodiyotimizning yetakchi tarmoqlaridan biriga aylanib bormoqda. Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, ichki bozorni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, yangi quvvatlarni ishga tushirishga alohida e'tibor qaratilib, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar tayyorlash o‘zlashtirilmoqda. Ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni rag‘batlantirish hamda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining o‘sishini ta'minlamoqda.
Bu borada hukumatimiz tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda, xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning 19 yanvaridagi 3484-sonli “Yog‘-moy tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror yog‘-moy korxonalarini jadal rivojlantirishni ta'minlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, korxonalar faoliyatini yanada takomillashtirishning yangi bosqichini boshlab beradi. Yog‘-moy mahsulotlarining assortimentlarini kengaytirish sog‘lom raqobat muhitini yaratish, mahsulot sifatini oshirish, aholining ehtiyojini kafolatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
“O‘zpaxtayog‘” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi yog‘-moy korxonalari tomonidan mavjud texnologiyalarni jadal rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ishlab chiqarilayotgan oliy navdagi paxta moyini sifatli tarzda aholiga yetkazish maqsadida korxonlar tomonidan PeT-butilkalar bilan birga shisha butilkalarga PReMIUM toifali paxta moylarini qadoqlash yo‘lga qo‘yildi.
Bularga misol tariqasida Xorazm viloyatidagi “Urganch yog‘-moy” AJ tomonidan “MARVARID”, Namangan viloyatidagi “Uchqo‘rg‘on yog‘” AJ tomonidan “IDEAL”, Navoi viloyatidagi “Vang‘ozi agro eksport” MChJ tomonidan “Go`zal tong” va Toshkent shahridagi “Toshkent yog‘-moy kombinati” AJ tomonidan Premium toifali oliy navli paxta moylarini shisha butilkalarga qadoqlangan holda aholiga yetkazib berish ishlari amalga oshirilmoqda.
Paxta yog‘i boshqa o‘simlik yog‘lariga qaraganda xalqimiz orasida keng foydalanib kelinadi. Davolash amaliyotida chigiti va po‘stlog‘idan ham foydalanilgan. Paxta moyi tarkibida turli foydali moddalar, fosfolipidlar, efir moylari va foydali omega-3 yog‘ kislotalari hamda vitamin Ye ham mavjud.
Fosfolipidlar yog‘ kislotalari, fosforik kislota va qo‘shimcha guruhlar bo‘lgan ko‘p hollarda azot bo‘lgan murrakab lipidlardir. Ular barcha tirik hujayralarda mavjud. Asab to‘qimasida, yog‘lar, yog‘ kislotalari va xolesterin yetkazib berishda ishtirok etadi. Fosfolipidlar hujayra membranalarining bir qismidir. Plazma va qizil qon hujayralari o‘rtasida muhim rol o‘ynaydigan fosfolipidlar almashinuvi mavjud bo‘lib, ular suyuq xolda lipidlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Fosfolipidlarning eng keng tarqalgan guruhi fosfoglitseridlar va fosfosfingolipidlar hamda fosfinosididlar va fosfolipidlarni o‘z ichiga oladi. Fosfolipidlar amfifil moddalardir.
Hujayra membranalarning asosiy lipid qismi. Ularga oziq-ovqat yog‘lari qo‘shiladi va bu inson hayoti uchun zarur bo‘lgan fosfor kislotasi manbai bo‘lib xizmat qiladi. Fosfolipidlar hujayra membranilarining muhim qismidir. Ular hujayra membranalari va hujayrali organoidlarning oqim va plastmassik xususiyatlarini ta'minlaydi, xolisterin esa membranalarning qattiqligi va barqarorligini ta'minlaydi. Fosfolipidlar va xolesterin ko‘pincha hujayra membranalarning lipoprotein oqsil bilan bog‘liq bo‘lmagan qismidir, lekin ular membranalarda va erkin holatda mavjud, Fosfolipidlar yog‘lar, yog‘ kislotalari va xolesterinni tashishda ishtirok etadi.
Omega-3-PTeK ko‘pincha “muhim” yog‘ kislotalari deb ataladi. Bu nom bolalarning normal o‘sishida ularning rolini kashf etgan tadqiqotchilar tomonidan berilgan. Oziq-ovqat mahsulotidagi oz miqdordagi omega-3 PUFA (umumiy kaloriya miqdorining -1%) normal o‘sishni saflab qoldi va uning qo‘shimcha ta'siri yo‘q.
Paxta yog‘i kungaboqar va kunjut yog‘i bilan bir qatorda tibbiyotda, oziq-ovqat tayyorlashda qo‘llaniladi. U parhez mahsulot sanaladi va aterosklerozni davolashda qo‘llaniladi.
Ma'lumki, yer shari aholisining yog‘ga bo‘lgan talabi asosan o‘simliklar urug‘liklaridan olingan moylar hisobiga qondiriladi. Paxta yog‘i iste'mol qilinishi jihatidan dunyoda sakkizinchi o‘rinni egallaydi.
Bundan tashqari, tizimdagi yog‘-moy korxonalari tomonidan mavjud ishlab chiqarish texnologik tizimlarini zamonaviy, resurstejamkor va avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlashga qaratilgan bir qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
“O‘zpaxtayog‘” AJ matbuot xizmati