O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi ikki barobarga oshdi

Iqtisodiyot 12:35 / 07.05.2018 7926

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi joriy yilning birinchi choragida o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichga nisbatan deyarli ikki baravar ko‘paydi. Bu haqda Tojikiston Iqtisodiyot vazirligi xabar bermoqda.

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi savdo hajmi 41,5 mln AQSh dollarini tashkil etdi, bu 2017 yil yanvar-mart oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,8 barobar ko‘pdir.

Tojikiston iqtisodiyot blokining bo‘limlariga ko‘ra, eksport qilinadigan tovarlar ro‘yxatiga sement va kvars qumi ham qo‘shilgan (kvars qumi shisha ishlab chiqarishda asosiy element sifatida ishlatiladi).

Avvalroq, Tojikiston Respublikasi Investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi Tojikiston qo‘shni O‘zbekistonga tovarlar eksportini ko‘paytirish niyatida ekanini bildirgandi. 9 mart kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Tojikiston va O‘zbekiston ishbilarmon doiralarining biznes-forumi natijalari bo‘yicha imzolangan hujjatlarga muvofiq, O‘zbekistonga eksport qilinadigan mahsulotlarning ro‘yxati kengaytiriladi.

Manbaga ko‘ra, ikki mamlakat xo‘jalik yurituvchi sub'yektlari o‘rtasida tovarlarni eksport qilish va import qilish bo‘yicha bitimlar imzolandi. Xususan, Tojikistonning elektr energiyasini qo‘shni mamlakatga eksport qilish va o‘zbek gazining importi boshlanadi.

Bundan tashqari, Tojikiston eksport qiladigan tovarlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi: kabel, gilam mahsulotlari, qurilish materiallari, ko‘mir va boshqalar. Shu bilan birga, o‘zbek korxonalari Tojikistonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, transport vositalari va ehtiyot qismlar yetkazib berishni boshlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: