Rossiyada birinchi kvant kompyuteri uch yildan keyin paydo bo‘lishi kerak. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi yozmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, kompyuterni yaratish ishlari 2021 yilning sentabr oyiga qadar tugatilishi rejalashtirilgan.
Ta'kidlanishicha, yangi elektron-hisoblash mashinasida (EHM) kamida 50 kubit bo‘ladi. Kubit, bitdan farqli ravishda, bir vaqtning o‘zida bir necha holatda bo‘lishi mumkin. Shuning hisobidan ish samaradorligi ham ortadi.
Shu bilan birga, kvant kompyuteri shifrlarni «buzib kirishi» va murakkab maxfiy so‘zlarni topishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik fiziklar magnit kompyuterni yaratish uchun birinchi qadamni qo‘yganlari xabar berilgandi.