Avstraliyadagi eng yirik avtomuzey 48 ta noyob mashinani sotuvga qo‘ymoqda

Fan-texnika 10:34 / 07.05.2018 8264
Foto: Gosford Classic Car Museum

Avstraliyadagi eng yirik Gosford Classic Car Museum avtomuzeyi Pickles auksion uyi savdolariga 48 ta kollektsion avtomobilni sotuvga qo‘yadi. Sotuvga qo‘yiladigan mashinalar orasida Avstraliya bozoriga chiqarilgan mashinalardan tashqari, Yevropada ishlab chiqarilgan sportkarlar ham bo‘ladi.

Jumladan, sotuvga 1981 yilda ishlab chiqilgan, o‘z vaqtida eng tezkor seriyali nemis avtomobili bo‘lgan Porsche 911 Turbo modeli ham qo‘yiladi. Sportkar 3,3 litrli, 300 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan va joyidan 100 km/soat tezlikka 5,4 soniyada erisha oladi.

Foto: Gosford Classic Car Museum
Foto: Gosford Classic Car Museum
Foto: Gosford Classic Car Museum
Foto: Gosford Classic Car Museum
Foto: Gosford Classic Car Museum

Sotuvda AQShda ishlab chiqarilgan mashinalardan Ford Mustang Boss 351 modelini ham ko‘rish mumkin bo‘ladi. Bu mashina 1971 yilda ishlab chiqarilgan ushbu modeldagi 1806 mashinadan biri hisoblanadi. Yorqin qizil rangdagi kupe 5,8 litrli, 330 ot kuchiga ega dvigatel va 4 pog‘onali “avtomatik” uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Ikki eshikli mashina joyidan 100 km/soat tezlikka 5,8 soniyada erishadi. 

Foto: Gosford Classic Car Museum
Foto: Gosford Classic Car Museum
Foto: Gosford Classic Car Museum
Foto: Gosford Classic Car Museum

Shuningdek, auksionda 1977 yildan 1980 yilgacha bor-yo‘g‘i 30 dona ishlab chiqarilgan noyob Holden HZ Overlander yo‘ltanlamasi ham sotuvga qo‘yiladi. Mashina 5 litrli, 8 silindrli dvigatel bilan harakatga keltiriladi.

Foto: Gosford Classic Car Museum
Foto: Gosford Classic Car Museum
Foto: Gosford Classic Car Museum

  

Ko‘proq yangiliklar: