OAV: AQSh va Xitoy savdo bahsini muloqot orqali hal qilish niyatida

Iqtisodiyot 15:36 / 04.05.2018 4492

Xitoy va AQSh o‘zaro savdo bahsining ba'zi yo‘nalishlari bo‘yicha bir fikrga keldi. Bu haqda Reuters «Sinxua» agentligiga asosan xabar bergan.

Aniqlik kiritilishicha, tomonlar qolgan masalalar bo‘yicha hamon turlicha pozitsiyada bo‘lib turibdi.

«Tomonlar savdo munozaralarini muloqot yo‘li bilan hal etishga kelishib oldi va AQShning Xitoyga eksportini kengaytirish borasida fikr almashdi», - deya ma'lum qildi agentlik.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyga savdo muzokaralari bo‘yicha Amerika delegatsiyasi tashrif buyurganini ma'lum qilgandi. Delegatsiyaga AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin rahbarlik qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: