Markaziy bank 2018 yilning birinchi choragidagi pul-kredit siyosatining sharhini e'lon qildi.
Sharhga ko‘ra, O‘zbekiston YaIM birinchi chorakda 5,1 foizga o‘sdi, iqtisodiyotga kiritilgan investitsiyalar hajmi - 29,4 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi - 11,8 foizga. Yil boshidan beri faoliyat yuritayotgan korxonalar va tashkilotlar soni 3,8 foizga oshdi.
Tashqi savdo aylanmasi 7,9 mlrd dollarni tashkil etdi. Milliy valyutadagi pul massasi esa 2017 yilning birinchi choragidagi 5,7% bilan taqqoslaganda 1,7%ga oshdi. Markaziy bank ijobiy tendensiyalar orasida iste'mol narxlari o‘sish sur'atining pasayganiga ham e'tibor qaratdi.
Bundan tashqari, II chorakda Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasini 14% darajada qoldirdi. Shu bilan birga ta'kidlanishicha: «Monetar omillar ta'siri ostida iqtisodiyotda inflyatsiya xatarlari sezilarli darajada oshgan taqdirda, Markaziy bank pul-kredit sharoitlarini yaxshilash, shu jumladan bank tizimiga ortiqcha likvidlilikni jalb qilish bo‘yicha bozor operatsiyalarini o‘tkazish orqali chora-tadbirlar ko‘radi».