Kia seriyali elektr krossoverni taqdim etdi

Fan-texnika 16:47 / 04.05.2018 11652

Kia kompaniyasi 2018 yilning boshida prototipi ko‘rsatilgan Niro EV elektr krossoverining seriyali versiyasini taqdim etdi. Avtomobil premerasi Janubiy Koreyaning Chejudosida tashkil etilgan motor-shou bo‘lib o‘tgan.

Kia Niro EV standart ichki yonuv dvigateli va gibridli kuch qurilmasi modifikatsiyasi bilan modelga qo‘shiladi. Tashqi jihatdan yangilik boshqa versiyalardan o‘zgartirilgan havo panjaralariga ega old bamper, shuningdek maxsus kuzdugi chiroqlar bloki bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, falshradiator panjarasida quvvatlantirish kabelini ulash uchun port paydo bo‘lgan.

Foto: Kia

Elektr krossover hajmi 39,2 kVt-s bo‘lgan akkumulyatorlar bloki bilan taklif etiladi, ular bir quvvatda 240 kilometrgacha yurish imkonini beradi. Elektrkarning top varianti 64 kVt-s.lik batareyalar majmuasi bilan jihozlanadi, ular 380 kilometrgacha bo‘lgan maksimal yurishni ta'minlaydi..

Foto: Kia
Foto: Kia

 

Ko‘proq yangiliklar: