AQShning Xerox kompaniyasi rahbariyati, xususan bosh direktor Jyeff Jyeykobson, direktorlar kengashi raisi Robert Kigan va boshqaruvning yana besh a'zosi iste'foga chiqadi. Bu haqda Xerox’ning tegishli bayonotida aytilgan.
Bloomberg’ning aniqlik kiritishicha, ular bunday qarorni kompaniya ikki yirik aksiyadori Karl Aykan va Darvin Disonning bosimi ostida qabul qildi. Kompaniya rahbariyati Xerox’ning Fujifilm Xerox qo‘shma korxonasi bilan birlashuvi fonida o‘zgarmoqda. Shu tariqa, Yaponiyaning Fujifilm kompaniyasi AQShning printerlar ishlab chiqaruvchisi butunlay o‘z tarkibiga qo‘shib oladi.
Ham Dison, ham Aykan bu kelishuvga qarshi chiqmoqda. Dison Xerox bosh direktori Jyeff Jyeykobsonni Fuji bilan kelishuvga erishib, o‘z manfaatlarini ko‘zlaganlikda aybladi. Shu sababdan sarmoyador Jyeykobsonni sudga berdi, hamda 28 aprel kuni Nyu-York sudi Amerikaning printerlar ishlab chiqaruvchisi va Yaponiya kompaniyasi birlashuvini to‘xtatib qo‘ydi. Bu Dison bo‘yicha qaror chiqarilmagunga qadar davom etadi.