O‘zbekiston The Wall Street Journal va Heritage Foundation missiyasini taklif qiladi

Iqtisodiyot 10:09 / 03.05.2018 3789

O‘zbekiston The Wall Street Journal va Heritage Foundation missiyalarini Iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘z pozitsiyasini yaxshilash bo‘yicha choralarni muhokama qilish uchun taklif qiladi. Bu Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tayyorlangan xalqaro reytinglarda respublika o‘rnini yaxshilash bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» bilan nazarda tutilgan.

May oyida Heritage Foundation bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, unda O‘zbekiston past ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan Indeksni tuzish metodologiyasini o‘rganish rejalashtirilgan.

Dastlab, The Wall Street Journal va Heritage Foundation’ning missiyasini O‘zbekistonga taklif etish, 2019 yil sentabr oyida esa ushbu kompaniyalarning ofislariga tashrif buyurish rejada bor.

Natijada, O‘zbekiston hozirgi paytda 152-o‘rinni egallab turgan Iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘z pozitsiyasini yaxshilashi kerak.

O‘zbekistonning 12 ko‘rsatkich bo‘yicha o‘rtacha balli 51,5%ni tashkil etdi, bu o‘tgan yilgidan 0,8 foiz punktiga kamroq. Shu bilan birga, mulk huquqini himoya qilish, soliq yuki, biznes erkinligi, monetar erkinligi va mehnat erkinligi kabi ko‘rsatkichlar yaxshilandi. Biroq, reyting hokimiyatning halolligi, huquqni muhofaza qilish tizimining samaradorligi, moliyaviy farovonlik, savdo sohasidagi erkinlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha pasaydi.

Hisobotda qayd etilishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti asosan hukumat tomonidan nazorat qilinadi, biroq so‘nggi islohotlar ishbilarmonlik muhitini yaxshiladi.

152-o‘rin - reytingdagi eng yomonlaridan biri. Misol uchun, Qozog‘iston - 41, Qirg‘iziston - 78, Tojikiston - 106, Afg‘oniston - 154, Turkmaniston – 169 o‘rinda.

 

Ko‘proq yangiliklar: