Samsung yangi smartfonlarini ortiqcha shov-shuvsiz taqdim etdi

Fan-texnika 08:01 / 03.05.2018 20271

Samsung kompaniyasining Indoneziyadagi saytida hali rasman taqdim qilinmagan Galaxy A6 va A6+ smartfonlari haqida ma'lumotlar paydo bo‘ldi. Shu tariqa yangi smartfonlarni “imi-jimida” taqdim qilingan deb hisoblash mumkin, deb ma'lum qilmoqda Sam Mobile portali.

Samsung Galaxy A6 5,6 dyuymli, tomonlari nisbati 18,5:9 bo‘lgan Super AMOLED displeyi, 8 yadroli Exynos 7870 protsessori, 3 Gb tezkor va 32 Gb doimiy xotira, qo‘shimcha 256 Gb xotira o‘rnatish uchun slot bilan jihozlangan. Ba'zi bozorlarda smartfonning 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotiraga ega versiyalari paydo bo‘lishi mumkin.

Foto: SamMobile

Smartfonning asosiy kamerasi 16 Mp li sensorli va old kamerasi ham 16 Mpli bo‘lib, uning yorug‘lik-diodli chaqnog‘i (vspishka) bor. Smartfon akkumulyatori 3000 mA-soat sig‘imga ega. Qurilmaning narxi 300-340 yevro atrofida bo‘ladi. 

Samsung Galaxy A6+ esa 6 dyuymli ekran bilan jihozlangan. Smartfon A6 kabi “to‘liq ekranli” dizaynga egaligi sababli ekran ostidagi “Home” tugmasidan mahrum bo‘lgan. Barmoq izlari skaneri orqa panelga ko‘chirilgan. Smartfon bir kristalli Qualcomm Snapdragon 450 tizimi asosida qurilgan va 3/4 Gb tezkor va 32/64 Gb doimiy xotira bilan jihozlanadi. MicroSD sloti 400 Gb gacha xotira kartasini o‘rnatish imkonini beradi.

Foto: SamMobile

Smartfonning orqa tomonida 16 va 5 Mpli kameralardan iborat ikkita yonma-yon kamera joylashgan. Yordamchi kamera keskinlik chuqurligi (fonning yoyilishi) bilan ishlash uchun mo‘ljallangan. Frontal kamera 24 Mpli bo‘lib, yorug‘lik-diodli chaqnoqqa ega. Smartfon Bluetooth 5.0’ni qo‘llab-quvvatlaydi, akkumulyatori sig‘imi 5000 mA-soatni tashkil qiladi. Qurilma narxi 360-400 yevro atrofida bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: