Rossiya O‘zbekistonga neft yetkazib berishni yana to‘xtatdi

Iqtisodiyot 15:35 / 03.05.2018 39642

Rossiya Federatsiyasining Yoqilg‘i-energetika kompleksi markaziy dispetcherlik idorasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yil yanvar-aprel oylarida Rossiya neftining O‘zbekistonga eksporti 36 ming tonnani tashkil etdi. Aprel oyida yetkazib berish ishlari amalga oshirilmagan.

Yoqilg‘i-energetika kompleksi markaziy dispetcherlik idorasi ma'lumotlariga ko‘ra, ikkinchi chorak uchun eksport jadvali hozircha O‘zbekistonga neft yetkazib berishni nazarda tutmayapti.

2018 yil yanvar oyida Rossiya O‘zbekistonga 24,9 ming tonna neft yetkazib berdi, fevralda esa yetkazib berish amalga oshirilmadi. Mart oyida bu ishlar qayta tiklandi va 11,1 ming tonnani tashkil etdi.

2017 yilda Rossiya neftining O‘zbekistonga eksporti 68,2 ming tonnani tashkil etdi. Xususan, noyabr oyida O‘zbekistonga 30 ming tonna, dekabrda esa 38,2 ming tonna neft yetkazib berildi. 

Ko‘proq yangiliklar: