“QQB-mobile”dan - zamonaviy va qulay xizmatlar!

Iqtisodiyot 09:52 / 03.05.2018 11405

Aktsiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” tomonidan  aholiga va o‘z mijozlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan “QQB-mobile” mobil ilovasi tobora ommalashib bormoqda.

Shu kungacha mazkur ilovadan Android platformasi asosida ishlaydigan uyali telefonlarga ega mijozlargina foydalanayotgan edilar. Endilikda “QQB-mobile” mobil ilovasining iPhone qurilmalari  uchun  mo‘ljallangan dasturi ham ishga tushirildi.  

Foto: Qishloq qurilish bank

Bugungi kunda ushbu zamonaviy dasturdan foydalanib mijozlar  uyali aloqa operatorlari, shahar telefoni,  internet provayderlar, raqamli televideniye xizmatlari, iste'mol va ipoteka kreditlari uchun to‘lovlarni hamda kommunal to‘lovlarni (elektr energiya, tabiiy gaz, issiqlik manbai, ichimlik suvi, maxsustrans va h.k.) amalga oshirib kelmoqdalar. Shuningdek, mobil ilova orqali hisobraqamlar holatini ko‘rish va to‘ldirish, Online Smart Vista  plastik karta qoldiqlari va uning aylanmalari bo‘yicha ma'lumotlarni olish, Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi jarima to‘lovlarini amalga oshirish mumkin.

Foto: Qishloq qurilish bank

Bundan tashqari MUNIS to‘lov tizimi orqali dastur yordamida ATB “Qishloq qurilish bank” plastik kartasidan mablag‘larni boshqa bank plastik kartasiga o‘tkazish mumkin.

Joriy yilning 1 aprelidan boshlab “Qishloq qurilish bank”ning so‘m plastik kartochkalariga ega mijozlari “QQB-mobile” mobil ilovasidan foydalanib o‘zlarining VISA xalqaro to‘lov kartochkalariga chet el valyutasini onlayn rejimida konversiya qilish xizmatidan foydalanib kelmoqdalar. Buning uchun mobil ilovasini yuklagan holda plastik kartochkani ro‘yxatdan o‘tkazish lozim bo‘ladi.

Bugina emas. “QQB-mobile” mobil ilovasi yanada takomillashtirilmoqda. Tez orada mazkur mobil dastur orqali respublikaning barcha tijorat banklarining so‘m plastik kartochkalarini ro‘yxatdan o‘tkazgan holda to‘lovlarni amalga oshirish, turli masofaviy xizmatlardan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

Eng  muhimi  shundaki, bank tomonidan joriy etilayotgan bu kabi yangiliklarning barchasi  aholiga va mijozlarga yanada qulaylik yaratishni, zamonaviy bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirishni ko‘zlaydi.  

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

 “QQB-mobile” ilovasini quyidagi havolalar orqali yuklab olishingiz mumkin:

App Store (iOS) 

Google Play (Android)

Qo‘shimcha ma'lumot uchun:

(+99871) 150-39-93, 150-76-47, www.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Xizmatlar litsenziyalangan.

Reklama huquqi asosida

 

Ko‘proq yangiliklar: