Amerikaning vodorod dvigatelida ishlovchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi Nikola Motor kompaniyasi Arizona sudiga Tesla elektr yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisiga qarshi da'vo arizasi kiritgan, deb yozadi Verge nashri.
Kompaniyaning ta'kidlashicha, Tesla yuk mashinasi ishlab chiqarishda Nikola Motor’ga tegishli «ko‘plab patentlarni» buzgan, shuningdek uning yetakchi injyenerini o‘ziga og‘dirib olmoqchi bo‘lgan. Yetkazilgan zararlar miqdorini startap 2 milliard yevroga baholamoqda.
Sudga topshirilgan hujjatlarda Nikola Motor vakillari Tesla kuzovning dizayni va texnik xarakteristikalarini, old oyna va h.k.larni qisman ko‘chirib olganini ta'kidlashmoqda (qarshilik koeffitsiyentining bir xilligi ham bundan guvohlik bermoqda).
Nikola Motor’ning da'vo arizasida ular sanoat uchun unikal hisoblanuvchi old oyna turini o‘ylab topishgani, bunda oyna kuzovga belbog‘dek o‘rin oladi va haydovchiga eng ko‘p ko‘rish manzarasi imkonini beradi:
Kompaniya shuningdek, Tesla’dagilar o‘z yuk mashinasi anonsiga bir necha oy qolganida Nikola Motor’ning yetakchi injyeneri Kevin Linkni o‘zlariga og‘dirib olishga uringanini ta'kidlashmoqda .
Kompaniyadagilarning ta'kidlashicha, 2017 yilning oktabrida ishlab chiqarilishi mo‘ljallanayotgan yuk avtomobilining fotosuratlari sizdirila boshlanganida patentlar buzilgani haqida shubhalana boshlashgani va Tesla’ga detallar aniqlashtirilmagunga qadar avtomobilning rasmiy anonsini o‘tkazmay turish haqida iltimosnoma yozishgan.
Tesla vakillarining The Verge nashriga ma'lum qilishlaricha, Nikola Motor da'vo arizasidan ma'ni yo‘q. Nikola Motor esa hujjatlarni izohlashdan bosh tortib, da'vo arizasining o‘ziyoq o‘zi haqida hikoya qilib bera olishini bildirishgan.
Nikola Motor Company vodorod dvigatelli yuk mashinasini 2016 yil dekabrida taqdim etgan. 2018 yilning aprelida kompaniya vakillari Nikola Motor umumiy summasi 8 milliard AQSh dollaridan ziyod dastlabki buyurtmalarni qabul qilishganini ochiqlashgan va startap o‘z vaqtida mashinalarni yetkaza olmasa barcha pullar egalariga to‘liq qaytarilishini va'da qilgan. Ular kompaniya «bu pullardan o‘zining operatsion faoliyatini qo‘llash uchun foydalanmasligi»ni alohida qayd etishgan.