Joriy yilning 23 apreldan 29 apreligacha bo‘lgan davr mobaynida “O‘zRTXB” AJda 594,3 mlrd so‘mlik bitimlar tuzilib, avvalgi haftaga nisbatan 4%ga pasaydi. Savdo hajmning o‘sishi birja platformasida va AVTORAQAM tizimida ham qayd etildi. Bu haqda "O‘zRTXB" AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda birja savdolarining hajmi 548,2 mlrd so‘mdan 574,6 mlrd so‘mga ko‘tarildi. Sotuvlar bo‘yicha qurilish mollari birinchi o‘rinni 37% bilan egallab turibdi. Ikkinchi o‘rinda paxta tolasining turli navlari joylashgan bo‘lib, birja bozorining 15%ni egalladi. Keyingi o‘rinda kimyo mahsulotlari joylashgan bo‘lib, uning ulushi 14%ni tashkil qiladi.
Valyuta savdo maydonchasi orqali 3,2 mln AQSh dollarlik mahalliy mahsulotlar sotildi. Kelishuvlarning asosiy qismini 48% ulush bilan paxta tolasi, 40% ulush bilan texnik moy band etgan. Polietilen ulushi 12%ni tashkil etdi.
23 apreldan 27 aprelgacha birjaning onlayn auksionlari orqali 149ta avtomobil raqamlari sotildi. Bulardan 132tasi jismoniy shaxslarga, 17tasi yuridik shaxslarga sotilgan. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 4,1 milliard so‘mdan oshdi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning deyarli 87% oliy toifadagi avtoraqamlarga, 6% bitimlar 2 toifa avtoraqamlar va 7% bitimlar 3-toifa avtoraqamlar bo‘yicha tuzilgan.
Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 74%ga yetdi. Keyingi o‘rinda Farg‘ona viloyati avto havaskorlari 9% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Samarqand avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, ularning ulushi 7%ni tashkil qiladi.
Boshqa hududlarning ulushi 10,2%ni tashkil qiladi.