Aprel oyida inflyatsiya necha foizni tashkil etdi?

Iqtisodiyot 14:59 / 01.05.2018 14304

2018 yilning aprel oyida iste'mol bozoridagi narx va tariflar o‘sish sur'ati 0,9%ni tashkil etdi. Shundan, mahsulotlar oy davomida o‘rtacha 0,4%ga hamda xizmatlar 2,7%ga qimmatlashdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Caption

2018 yil aprel oyidagi narx indekslarini o‘tgan oylar dinamikasi bilan taqqoslaganda, ushbu oyda xizmatlar narxi o‘sish sur'ati bo‘yicha mahsulotlar narxiga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘ldi.

Caption

Tahlil ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida asosiy guruhlar bo‘yicha narxlarning o‘zgarishi va ularning iste'mol narxlari indeksi (keyingi o‘rinlarda INI)ning o‘sishiga mahsulotlar 0,3 foiz darajasi (keyingi o‘rinlarda f.d.) hamda xizmatlar 0,6 f.d.da ta'sir ko‘rsatgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida o‘rtacha 0,3%ga qimmatlashib, bu o‘z navbatida INIning umumiy o‘sishiga 0,1 f.d.da ta'sir ko‘rsatdi.

Caption

Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari guruhi orasida narxlarning o‘sishi hamda pasayishi bo‘yicha yetakchilik mos ravishda meva-sabzavot mahsulotlari va tuxumga tegishlidir.

Caption

Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan tuxum va shakar mahsulotlari narxlari sezilarli darajada arzonlashgani (mos ravishda 7,5 % va 3,6 %) boisi, ushbu turdagi mahsulotlar bilan ichki bozorning to‘yinganligidir.

Boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining o‘rtacha narxlarida jiddiy o‘zgarishlar deyarli kuzatilmadi.

Joriy yilning aprel oyi davomida nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari nisbatan barqaror sur'atda o‘sganligi qayd etildi. Nooziq-ovqat mahsulotlari o‘tgan oyga nisbatan ozgina qimmatlashib, (oylik o‘rtacha 0,4 %) bu esa INIning umumiy o‘sishiga 0,2 f.d.da ta'sir ko‘rsatdi.

Caption

Sezilarli darajada qurilish materiallari, maishiy to‘qimachilik mahsulotlari, oshxona jihozlari hamda avtomobillar uchun yoqilg‘i narxlari qimmatlashgan.

Caption

Joriy yilning aprel oyi davomida qurilish materiallari narxlari o‘sish sur'ati ancha pasaygan bo‘lsada, baribir nooziq-ovqat mahsulotlari umumiy guruhining o‘rtacha narxlaridan yuqori darajada qimmatlashdi.

Narxlarning asosiy o‘sishi g‘isht (3,6 %), sement (2,5 %), bo‘yoqlar (1,6 %) gulqog‘oz (1,0 %) mahsulotlarida kuzatildi.

Avtomobillar uchun yoqilg‘i narxlari indeksining oshishida shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, metan narxining bir qator viloyatlar bo‘yicha qimmatlashganligi (respublika bo‘yicha o‘rtacha o‘sish darajasi 8,4%ni tashkil etdi), shuningdek, mamlakatning barcha hududlari kesimida propan narxining o‘rtacha 18,7%ga arzonlashganligi natijasida yuzaga keldi.

Kiyim-kechak va oyoq kiyim narxlarining ko‘tarilishi, mavsumiy o‘zgarishlar ta'siri natijasida sodir bo‘ldi: bahor-yoz mavsumiy kiyim-kechak hamda oyoq kiyim narxlari qimmatlashishi barobarida, qishki kiyimlar va oyoq kiyimlar narxlarining arzonlashishi kuzatildi.

Caption

Aholi uchun xizmatlar oy davomida o‘rtacha 2,7%ga ko‘tarildi. Bu esa INI umumiy o‘sishiga 0,6 f.d.da ta'sir etdi.

Caption

Uy-joy kommunal xo‘jaligida narx tariflarinng ko‘tarilishi umumiy INI o‘sishiga 0,5 f.d.da ta'sir etishi bilan bir qatorda, jami xizmatlar guruhining o‘rtacha o‘sish darajasiga katta ta'sir ko‘rsatdi.

Caption

2018 yil 1 apreldan boshlab Moliya vazirligining qaroriga asosan Respublikaning barcha hududlarida elektr energiya hamda tabiiy gaz uchun to‘lovlarning oshgan narx tariflari joriy qilindi. 

Shuni alohida qayd etish lozimki, XUJMSh to‘lovlari mamlakatning beshta (Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahar) hududlarida ko‘tarildi. Suyultirilgan gazning narxlari esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatlaridan tashqari barcha hududlarda qimmatlashdi.

Maishiy chiqindi uchun to‘lovlar narxining oshganligi faqatgina Jizzax hamda Navoiy viloyatlarida qayd etilgan.

Sport xizmatlari sohasida umumiy narxlarning oshishi, Toshkent shahar hamda Qashqadaryo viloyatlaridagi sport va sog‘lomlashtirish muassasalari, shuningdek, suzish havzasi xizmatlariga oylik obuna to‘lovlarining qimmatlashishi natijasida sodir bo‘ldi.

Uy jihozlari ta'miri xizmatlari oy davomida o‘rtacha 1,9 %, uy-joy ta'miri xizmatlari 1,5 %, chevarlik xizmatlari 1,4 % hamda sartaroshlik va kosmetologiya xizmatlari narxlarining 1,3%ga ko‘tarilishi INIdagi maishiy xizmatlar narxlari indeksining 1,3%ga oshishiga zamin yaratdi.

Yo‘lovchi tashish xizmatlari narxining oshishi, asosan havo transporti xizmati tarifilarining o‘rtacha 4,9 %ga qimmatlashishi bilan bog‘liq. MDH va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar uchun chiptalar narxi aprel oyida ko‘tarilgan bo‘lsa, shu bilan birga mahalliy yo‘nalishlarga qatnovchi aviatashuv chiptalari narxining arzonlashishi yevroning milliy valyutaga nisbatan qiymatini pasayishi bilan izohlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: