Qo‘shma Shtatlar hukumati ittifoqchi davlatlar uchun po‘lat va alyuminiyga olib kirish bojlarini joriy etish haqidagi qarorni qabul qilish muddatini 1 iyunga qadar kechiktirdi. Bu haqda Reuters vaziyatdan xabardor manbaga asosan yozmoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp bojlar bo‘yicha qaror qabul qilishni Yevropa ittifoqi, Kanada hamda Meksika uchun ortga surdi. Ta'kidlanishicha, Avstraliya, Argentina va Braziliya bilan prinsipial kelishuvga erishib bo‘lingan.
Avvalroq, Tramp metallarga olib kirish bojlarini joriy etish bo‘yicha hali yakuniy qarorga kelmagani xabar qilingandi.