29 aprel kuni Amerikaning Blue Origin kompaniyasi New Shepard suborbital raketasining muvaffaqiyatli sinov parvozini amalga oshirdi. Uchar qurilma 106 ming metr balandlikka ko‘tarildi, shundan so‘ng ham tezlashtirgich, ham kapsula Yerga muvaffaqiyatli qo‘ndi
30 aprelga o‘tar tunda Blue Origin asoschisi Jyeff Bezos uchirilish payti tasvirlangan videoni e'lon qildi.
Highlights from today’s mission. Don’t miss the Nerf ball doing a few backflips in zero gravity. #GradatimFerociter @BlueOrigin pic.twitter.com/YxlJRt0MXc
— Jeff Bezos (@JeffBezos) April 30, 2018
Bezos Blue Origin’ga 2000 yilda asos solgan. Kompaniya kosmik turizm uchun uchar qurilmalarni ishlab chiqadi. Uch o‘rinlik New Shepard vertikal 10 daqiqalik parvozlarni amalga oshirib, sayyohlarga vaznsizlik holatini his qilish va Yerni koinotdan ko‘rishga imkon beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jyeff Bezos kompaniyasi suborbital raketani muvaffaqiyatli uchirgani va qo‘ndirgani xabar berilgandi.