Xorazm viloyatida yana ikkita kichik sanoat zonasi tashkil etildi

Iqtisodiyot 16:49 / 30.04.2018 9354

Vazirlar Mahkamasining 26.04.2018 yildagi 308-son qarori bilan Xorazm viloyatida qo‘shimcha ravishda yana ikkita kichik sanoat zonasi tashkil etildi. Bu haqda Norma xabar berdi.
 
1 – Xiva tumanining «Zaungur» posyolkasida, sobiq «Maxsus qurilish mexanizatsiya» UK mulkiy kompleksi negizida (3,2 ga). Tegishincha, obekt kimoshdi savdolarida realizatsiya qilinadiganlar ro‘yxatidan chiqarildi;
 
2 – Shovot tumanining Beshmargan qishlog‘ida, konserva zavodi – sobiq «Maxsusintersavdo» MChJning bo‘sh yotgan bino va inshootlari negizida (3,7 ga).    
 
Ma'lumot uchun: 2017 yil dekabrdan boshlab tadbirkorlik sub'yektlarini tanlab olish va KSZda joylashtirish tanlov komissiyasi funksiyalarini mintaqaviy Ma'muriy kengash amalga oshirmoqda. U faoliyat yuritmayotgan davlat mulki obektlarini nol darajali xarid qiymatida, investitsiya majburiyatlarini qabul qiladigan KSZ ishtirokchilariga sotish to‘g‘risidagi qarorlarni ham qabul qilmoqda.
 
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Xorazm viloyatida 5ta kichik sanoat zonasi tashkil etilgan edi. Ular hududida joylashgan davlat ko‘chmas mulki muayyan shartlarda keyinchalik unga bo‘lgan mulk huquqini o‘tkazgan holda tadbirkorlarga nol darajali stavkada 5 yilga ijaraga beriladi.
 
Hujjat 27.04.2018 yildan kuchga kirdi. 

Ko‘proq yangiliklar: