Valyuta birjalarining faoliyat sohasi kengaytirildi

Iqtisodiyot 17:29 / 27.04.2018 6344

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (ro‘yxat raqami 2788-2, 25.04.2018 yil) bilan Valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
 
Valyuta birjalari chet el valyutasi, davlat qimmatli qog‘ozlari, moliyaviy hosila instrumentlari (derivativlar) oldi-sotdisi hamda ular bilan bog‘liq boshqa birja bitimlari bo‘yicha birja savdolarini tashkil etish sohasidagi mavjud faoliyatdan tashqari banklararo pul bozorini hamda Markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oshiriladigan kredit va depozit auksionlarini tashkil etish bilan shug‘ullanadi.
 
Ushbu yangi yo‘nalishda ishlash bo‘yicha bo‘linmalarning mavjud bo‘lishi litsenziya talablari va shartlari ro‘yxatiga kiritildi.
 
Hujjat 26.04.2018  yilda kuchga kirdi.

 

Ko‘proq yangiliklar: