Turkmaniston Respublikasi prezidenti Gurbonguli Berdimuhammedov O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat vazirliklari va idoralari o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Tashqi savdo vazirligi axborot xizmati.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vazirligi va Turkmaniston savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi o‘rtasida tuzilgan 17ta kelishuv doirasida, ikki mamlakatda savdo uylari tashkil qilinishi to‘g‘risidagi bitim ham imzolandi. Ushbu hujjat tadbirkorlarga ikki mamlakat hududida savdo uylarini tashkil etishda ko‘maklashishni nazarda tutadi.
«Bo‘lib o‘tgan turkman ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari ko‘rgazmasi va biznes-forum natijalari ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiqni kengaytirish uchun katta salohiyat mavjudligini namoyish etdi. Savdo uylarining ochilishi bizga savdo hajmini yanada oshirishga yordam berib, O‘zbekiston va Turkmaniston ishbilarmon doiralari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish uchun sharoit yaratadi», - deya aytib o‘tdi O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev.
Savdo uylari mahalliy xaridorlar uchun reklama maydonchasi bo‘lib xizmat qiladi, chakana va kichik ulgurji savdoga yo‘l ochadi, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga imkon beradi.