Samsung yangi smartfonlarga qiziqish susayishi mumkinligidan ogohlantirdi

Fan-texnika 00:27 / 27.04.2018 8937

Samsung 2018 yil 1-choragi bo‘yicha hisobot berdi. Kompaniya tushumi 20 foizga oshganiga qaramay, smartfonlarga talab kamayishi mumkinligini ta'kidlab o‘tgan.  

Kompaniyada tushumning o‘sishi kompaniyaning mikrochiplari va flagman qurilmalariga talab yuqoriligi bilan bog‘langan. Biroq kompaniya 2-chorakda mobil qurilmalar biznesi daromadi flagman smartfonlari savdosidagi susayish, past talab, marketing xarajatlari va kuchayib borayotgan raqobat sababli pasayishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Canalys tadqiqot kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng yirik smartfonlar bozori – Xitoyda savdo 1-chorakda 21 foizga kamaygan. Joriy yilning ilk 3 oyida 91 mln ta smartfon sotib olingan. Oxirgi marta bunday past ko‘rsatkich 2013 yilda qayd qilingan.

Mutaxassislar Xitoyda Samsung qurilmalari savdosining pasayishini har yili 50 foizga baholashgan. 1-chorakda Xitoyda 2 mlnta qurilma sotilgan. Apple’ning ham Xitoyda savdosi pasaygan. 

Biroq Xitoyda Huawei va Xiaomi savdosi o‘sgan. Canalys’ning prognoziga ko‘ra, Xitoy bozori 2-chorakda Oppo va Vivo’ning yangi flagman smartfonlari chiqishi evaziga o‘sadi, biroq 2018 yil uchun umuman pasayish xos bo‘ladi.

25 aprelda chiplar ishlab chiqaruvchi  Teradyne, Corning va SK Hynix kompaniyalari smartfonlar butlovchi qismlariga talab pasayganini ma'lum qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: