UYeFA «Roma»ga qanday jazo berishi ma'lum 

Sport 15:34 / 26.04.2018 19497

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) Italiyaning «Roma» klubini tashkilot doirasidagi bir yoki ikkita o‘yinni muxlislarsiz o‘tkazishi bilan jazolaydi. Bu Chempionlar ligasining «Liverpul»ga qarshi kechgan birinchi o‘yinidan (2:5) avval italiyalik ishqibozlar tomonidan sodir etilgan xatti-harakatlar tufayli yuz beradi.

Gazzetta dello Sport ma'lumotiga ko‘ra, rimliklar ikki ishqiboz, 21 yoshli Filippo Lombardi va 29 yoshli Daniel Shusho, angliyaliklar muxlisi, 53 yoshli Shon Koksga hujum qilgani uchun jazolanadi. Koks shifoxonaga yotqizildi va ayni damda sun'iy koma holatiga tushirilgan. Shifokorlar uning ahvolini o‘ta og‘ir deb baholashmoqda.

«Roma» sektorlar yopilishidan tashqari, jarimaga ham tortilishi mumkin. Biroq bunday qarorga to‘qnashuv bahs boshlanishidan avval stadion tashqarisida yuz bergani xalaqit beradi. 

Shuningdek, UYeFA vakillari, Italiya politsiyasi xodimlari va ikki klub a'zolari o‘rtasidagi uchrashuv haqida xabar qilingan. Unda javob o‘yini kunida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik choralari muhokama qilinadi.

Rimda bo‘lib o‘tadigan javob bahsi 2 mayga belgilangan.

 

Ko‘proq yangiliklar: