Schneider Electric oradan 5 yil o‘tib O‘zbekiston bozoriga qaytishga qaror qildi

Iqtisodiyot 14:01 / 26.04.2018 10660

Schneider Electric’ning Rossiya va MDH davlatlari bo‘yicha prezidenti Yoxan Vanderplayetse so‘zlariga ko‘ra, kompaniya O‘zbekistonga qaytishga qaror qildi. Bu haqda «Kommersant'» yozmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston yangi ma'muriyat kelishi bilan yangi yo‘llar ochmoqda.

«Schneider besh yil avval ishbilarmonlik muhitiga bog‘liq holda o‘z faoliyatini to‘xtatgan bo‘lsa ham, endi O‘zbekistonga qaytishga qaror qildi», - dedi Yoxan Vanderplayetse.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston katta aholi va ulkan salohiyatga ega mamlakat bo‘lib, yana biznesga yo‘l ochilmoqda.

«Bu barchamiz uchun yaxshi xabar», - deya ta'kidlab o‘tdi Yoxan Vanderplayetse.

Schneider Electric energiya boshqaruvi va avtomatlashtirish sohasidagi jahon eksperti sanaladi. 2015-moliyaviy yilda aylanmasi 27 milliard yevroga yaqin bo‘lgan kompaniyaning 160 mingdan ortiq xodimlari dunyoning 100dan ko‘proq mamlakatida faoliyat yuritib keladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: