Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda KUN.UZ axborot manbasi xabar berdi.
Yig‘ilishda “Obod qishloq” dasturiga muvofiq qishloqlarni obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish va jadallashtirish, bu borada mutasaddi rahbarlarning shaxsiy mas'uliyatini oshirish muhokama qilinadi.
Yig‘ilishda shahar, tuman hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, prokurorlar, IIB boshliqlari, soliq, iqtisodiyot, moliya, bandlikka ko‘maklashish markazi, kommunal soha rahbarlari, arxitektorlar, kadastr, elektr, gaz, suvoqava, MFY raislari, tadbirkorlar ishtirok etadi.
Mavzuga oid

13:16 / 07.02.2025
Savdo va xizmatlar sektoriga ijtimoiy soliq imtiyozi uzaytiriladi, shartlar o‘zgaradi

12:35 / 07.02.2025
Prezident: Qaysi rahbar raqamlashtirishni kechiktirsa – ochiqlik siyosatimizga qarshi chiqqan bo‘ladi

10:53 / 07.02.2025
Xivaga aviareys bo‘lmagani uchun turistlar qaytib ketyapti - Shavkat Mirziyoyev

15:58 / 16.12.2024