Makron Tramp Eron bilan yadro kelishuvi bo‘yicha qanday pozitsiyada ekaniga aniqlik kiritdi

Jahon 11:07 / 26.04.2018 5550

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar rahbari Donald Tramp Eron bilan yadro kelishuvini qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Mening fikrimcha, Tramp kelishuvni himoya qilishga juda ham tayyor turgani yo‘q. Men bu borada uning aniq pozitsiyasini yetkazdim, deb hisoblayman», - deya aytib o‘tdi Makron Tramp bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha.

Shu bilan birga, Fransiya rahbarining qayd etishicha, mamlakatlar Eron muammosini hal qilish uchun sa'y-harakatlarni birlashtirishi lozim.

«Birlashgan sa'y-harakatlarimiz bizni yanada kuchliroq qiladi. Bu bizning umumiy maqsad bo‘lishi kerak», - deya ta'kidlab o‘tdi Makron.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Eron bilan yadro kelishuvini saqlab qolish yo‘lini topgani xabar qilingandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya AQSh bilan kelishuv borasida kelishib olgan. Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp, kutilishicha, Eronga qarshi navbatdagi sanksiyalar joriy etishni to‘xtatib turadi. Yadroviy kelishuv katta o‘zgarishga yuz tutmaydi, biroq uning alohida qismlari o‘zgartiriladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: