Endi Instagram'dan surat va videolarni yuklash mumkin bo‘ladi 

Jahon 02:15 / 26.04.2018 4899

Mashhur Instagram tarmog‘i suratlar va videolarni yuklash imkonini ishga tushirdi. TechCrunch'da shu haqida xabar berildi.

Instagram o‘z foydalanuvchilariga kontentlarni yuklashga ruxsat berdi. Data Download funksiyasi hozircha faqat saytda mavjud, biroq ishlab chiqaruvchilar uni ilovaga ham tatbiq qilishga va'da berishmoqda.

Aftidan, aynan yangi funksiyani kiritishga tayyorlanish jarayonida Instagram faoliyatida uzilishlar kuzatilgan. Kechadan buyon ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ilova va saytning ishlashidan shikoyat qilishayotgan edi.

Foydalanuvchilar asosan akkauntga kirishda, yangiliklar lentasida va saytda muammolarga duch kelishganini ma'lum qilishgan.

Ko‘proq yangiliklar: