Endi hamma Hyundai shunday bo‘ladi: markaning yangi uslubdagi ilk modeli namoyish qilindi

Fan-texnika 00:59 / 26.04.2018 15986

Hyundai kompaniyasi Pekin avtosalonida o‘rta o‘lchamli Lafesta sedanini taqdim qildi. Mashina markaning yangi uslubi Sensuous Sportiness – “hayajonli sport ko‘rinishi”da bajarilgan.

Yangi uslubdagi ilk kontsept-kar o‘tgan oy Jyeneva avtosalonida namoyish qilingan Le Fil Rouge bo‘lgan, Lafesta esa shu uslubda bajarilgan ilk seriyali ishlab chiqariluvchi avtomobil bo‘ladi. Uning o‘ziga xos jihatlari radiator panjarasi bilan birlashib ketganday ko‘rinuvchi “jahldor” ko‘rinishdagi optikasi, yuk bo‘limi eshigidagi kichik “dumcha” hisoblanadi. 

Fotoo: motor.ru

Mashina o‘lchamlariga ko‘ra, Hyundai Elantra sedani negizida qurilgan: g‘ildiraklar bazasi mos keladi (2700 mm), “Lafesta” uzunligi esa 90 mm ga kattaroq va 4660 mm ni tashkil qiladi. 

Mashina kapoti ostida 1,6 litrli benzin turbomotori joylashgan, u 7 pog‘onali “robotlashtirilgan” uzatmalar qutisi bilan birga ishlaydi. Dvigatelning aniq ko‘rsatkichlari yo‘q, biroq Hyundai’ning boshqa modellarida bu motor 177 ot kuchidan 204 ot kuchigacha quvvat beradi.

Fotoo: motor.ru

Lafesta Xitoydan tashqarida ham sotilishi-sotilmasligi noma'lum, Yevropada esa Hyundai’ning shunga o‘xshash, i30 xetchbegi negizida qurilgan ixchamroq mashinasi bor. Hyundai Lafesta Xitoyning Chuntsinidagi Beijing Hyundai qo‘shma korxonasida joriy yilda yig‘ila boshlanadi.

Fotoo: motor.ru

 

Ko‘proq yangiliklar: