Ekstremistik tashkilotga a'zo bo‘lib, qidiruvda yurgan shaxs o‘z ixtiyori bilan vatanga qaytdi.

Jamiyat 08:20 / 26.04.2018 16159

Olot tumani Bunyodkor MFY Iftixor ko‘chasida yashagan, 1984 yilda tug‘ilgan Farrux Narziyev 2012 yilda ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasining Murmansk shahriga borib, u yerda yashirin faoliyat olib borayotgan «al-Ixvon al-muslimin», ya'ni «Musulmon birodarlar» diniy ekstremistik tashkilotining a'zolari bilan tanishib, ularning diniy ta'sir doirasi ostida mazkur tashkilotga a'zo bo‘lgan holda ularning noqonuniy harakatlarida faol ishtirok etadi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining matbuot kotibi, kapitan Baxtiyor Raxmatov xabar berdi.

Farrux Narziyevning ushbu harakatlari bo‘yicha 2016 yilda Davlat xavfsizlik xizmati Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244-2-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organlaridan yashirinib yurganligi uchun unga nisbatan qidiruv e'lon qilingan edi.

Foto: Buxoro viloyati IIB

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Narziyev Farruxga nisbatan viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda unga nisbatan qo‘llanilgan “qamoq” ehtiyot chorasi ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan, ya'ni “munosib xulq atvorda bo‘lish to‘g‘risidagi tilxat” ehtiyot chorasiga o‘zgartirilib, uning yaqin qarindoshlari bilan olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlari natijasida, Farrux Narziyevni ixtiyoriy ravishda O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelishiga va yo‘l qo‘ygan xatolarini tan olgan holda o‘zini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirishga erishildi.

Foto: Buxoro viloyati IIB

Farrux Narziyev 16 aprel kuni o‘z ixtiyori bilan O‘zbekistonga qaytib kelib hozirda o‘z oilasi bag‘rida yashamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: