O‘zbekiston va Turkmaniston ishbilarmon doiralari 250 million dollarlik shartnomalar imzoladi

Iqtisodiyot 19:21 / 25.04.2018 4769

Toshkentda bo‘lib o‘tgan Turkmaniston Milliy ko‘rgazmasi va biznes-forum davomida 250 million AQSh dollarlik shartnomalar imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar neft va gaz, transport-kommunikatsiya, qishloq xo‘jaligi va sayyohlik, sanoat hamda to‘qimachilik sohalarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha istiqbolli kelishuvlarga erishdi.

2017 yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 177,3 million dollarga teng bo‘ldi. Prezidentlar ishtirokida o‘tkazilgan muzokaralarda tomonlar 2020 yilgacha bu ko‘rsatkichni 500 million dollarga oshirishga kelishib olishdi. Joriy yilning birinchi choragida savdo aylanmasi 55 foizga oshdi.

O‘zbekistonda asosan savdo va xizmat ko‘rsatish, to‘qimachilik sanoati hamda mebel ishlab chiqarish kabi sohalarda turkman kapitali ishtirokida 11 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

Ko‘proq yangiliklar: