O‘zbek kinosi darg‘alaridan biri Shuhrat Abbosov olamdan o‘tdi

O‘zbekiston 20:03 / 25.04.2018 91652

Bugun, 25 aprel kuni o‘zbek kinosi darg‘alaridan biri bo‘lmish mashhur ijodkor, milliy kinoimizda sermahsul ijod qilgan Shuhrat Abbosov olamdan o‘tdi.

KUN.UZ’ga kelib tushgan ma'lumotlarga ko‘ra, rejissyor 7 apreldan buyon buyrak yetishmovchiligi, animiya va yurak yetishmovchiligi kasalliklari bilan birinchi respublika statsionar shifoxonasida davolanib kelmoqda edi.

O‘zbek kinosida o‘zgacha yangilik qilgan, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha alohida o‘rin egallagan, “Mahallada duv-duv gap” (1960), “Sen yetim emassan” (1962), “Toshkent – non shahri” (1967), “Abu Rayhon Beruniy” (1974), “Olovli yo‘llar” (1977-1985), “Otamdan qolgan dalalar” (1997), “Dilor, Dilor, dil va or” (2015), “Yana mahallada duv-duv gap” (2016-2017) filmlariga rejissyorlik qilgan Shuhrat Abbosov bugun, 25 aprel kuni, soat 18:00 da olamdan o‘tgan.

KUN.UZ tahririyati o‘zbek kino olamining darg‘asi bo‘lmish Shuhrat Abbosovning vafoti sabab u kishining oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Ko‘proq yangiliklar: