USENET 2018’da spikerlarning chiqishlari bo‘yicha dastur e'lon qilindi

Fan-texnika 16:35 / 25.04.2018 6073

USENET 2018 xalqaro digital konferensiyasining rasmiy saytida spikerlarning chiqishlari bo‘yicha dastur e'lon qilindi. Konferentsiyaning ochilish marosimi 27 aprel kuni soat 09:30da boshlanadi. An'anaga muvofiq, tadbir International Hotel Tashkent mehmonxonasining ikkita zalida bir kun davomida o‘tkaziladi.

Joriy yilda USENET doirasida O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘istonning 30dan ortiq kompaniyalarining vakillari ishtirok etishadi. So‘nggi vaqtlarda eng ko‘p muhokama qilingan blokcheyn va kontent, internet-marketing kabi mavzular anjuman diqqat markazida bo‘ladi. 

Ledokol Group media-agentligi tadbir tashkilotchilari sanaladi. Konferentsiya Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida tashkil etilmoqda.

Beeline Uzbekistan – konferensiyaning bosh hamkori hisoblanadi.

Samsung, Click mobil banking tizimi, “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i anjumanning homiylaridir.

Konferentsiyaga taklifnoma bilan kirish mutlaqo bepul. Buning uchun konferensiya rasmiy saytida ariza qoldirsangiz bas.

Ko‘proq yangiliklar: