«Roma»ning ikki ishqibozi odam o‘ldirishga suiqasd qilganlikda ayblanmoqda

Jamiyat 09:40 / 25.04.2018 8174

Britaniya politsiyasi Italiyaning «Roma» klubi ikki ishqibozini hibsga oldi, deb xabar qilmoqda TASS.

Daily Mail ma'lumotiga ko‘ra, ishqibozlar Chempionlar ligasining birinchi yarim finali doirasida mahalliy «Liverpul»ga qarshi o‘yindan avval odam o‘ldirishga suiqasd qilganlikda ayblanmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, «Roma»ning taxminan yigirma nafar ishqibozi «Liverpul» muxlislariga hujum qilgan. Angliyaliklar «Enfild» stadionidan uncha uzoq bo‘lmagan yerdagi barlardan birida bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, to‘qnashuv natijasida keksa yoshli erkak jiddiy jabrlandi.

«Liverpul» rahbariyati jabrlangan shaxs, shuningdek uning oilasiga yordam taqdim etilishi haqida rasman ma'lum qildi.

«Liverpul» — «Roma» uchrashuvi mezbonlarning 5:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ko‘proq yangiliklar: