Milner Chempionlar Ligasi rekordini yangiladi

Sport 10:18 / 25.04.2018 8567

«Liverpul» yarimhimoyachisi Jyeyms Milner Chempionlar Ligasidan o‘rin olgan «Roma»ga (5:2) qarshi o‘yindagi gollardan biriga hammualliflik qildi.

Natijada, futbolchi joriy mavsumdagi golli uzatmalari sonini 9taga yetkazib oldi va Chempionlar Ligasi rekordini o‘rnatdi. Bu ko‘rsatkichga erishish uchun Milnerga 701 daqiqa harakat qilish yetarli bo‘ldi. 

Chempionlar Ligasi bir mavsumida eng ko‘p golli uzatmani amalga oshirganlar reytingi:
9= Jyeyms Milner (Liverpul), 701 daqiqa, 2017/18 
8= Ueyn Runi (Manchester Yunayted), 765 daqiqa, 2013/14
8= Neymar (Barselona), 797 daqiqa, 2016/17
7= Rayan Giggz (Manchester Yunayted), 605 daqiqa, 2006/07
7= Zlatan Ibragimovich (Pari Sen-Jyermen), 793 daqiqa, 2012/13
7= Xavi Ernandes (Barselona), 971 daqiqa, 2008/09

Ko‘proq yangiliklar: