Indoneziyada neft qudug‘idagi yong‘in oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Jahon 08:29 / 25.04.2018 1931

Indoneziyada noqonuniy neft qudug‘ida chiqqan yong‘in oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jabrlandi. Bu haqda Daily Star nashri xabar bermoqda

Nashrning ma'lum qilishicha, mamlakatning g‘arbidagi Achex viloyatida joylashgan neft qudug‘idagi yong‘in neft to‘kilishi oqibatida sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida kamida 3 ta uy yonib ketgan.

“Olov hali ham yoyilmoqda va hali o‘chirilmagan”, deb aytgan mahalliy aholi vakillaridan biri.

Indoneziyaning tabiiy ofatlarga qarshi kurashish agentligi yong‘in sodir bo‘lganini tasdiqlagan. 

 

Ko‘proq yangiliklar: