G7 mamlakatlari IT-kompaniyalardan ekstremizmga qarshi kurashni kuchaytirishni talab qilmoqda

Jahon 19:33 / 25.04.2018 4780

G7 mamlakatlari guruhi xavfsizlik vazirlari yirik texnologik kompaniyalar va ijtimoiy mediadan o‘z platformalari orqali ekstremizmning kengayishiga qarshi kurashni kuchaytirishni talab qilishmoqda. Bu haqida Kanada jamoatchilik xavfsizligi va fuqarolik himoyasi vaziri Ralf Gudeyl ma'lum qildi. 

"Terrorizm G7 mamlakatlari va ularning aholisi xavfsizligiga asosiy tahdidligicha qolmoqda", - dedi u. Shuningdek vazir zamonaviy dunyo sharoitlarida davlat va xususiy sektor ekstremizm va terrorizm tahdidlariga qarshi birgalikda kurashishi kerakligini ta'kidladi. Gudeylning xabar berishicha, Facebook, Twitter, Google va Microsoft kompaniyalari vakillari uchrashuvga tashrif buyurishgan va ularning platformalardan ekstremist va terrorchilar foydalanishiga barham berish bo‘yicha qo‘llanayotgan choralar haqida so‘zlashgan. "Bu kompaniyalar ekstremizmga qarshi kurashda yanada agressivroq bo‘lishlari mumkin", - dedi vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yettilik mamlakatlarining xavfsizlik vazirlari va IT-kompaniyalar vakillari 2017 yilda Italiyada G7 yetakchilari sammitida bunday masalalarni muhokama qilishgan. "Muayyan natijalarga erishilgan, biroq biz bundan-da yaxshi natijani ko‘rishni istaymiz", - dedi Gudeyl. G7 hukumatlari terrorchi va ekstremistlar bu kompaniyalar platformalariga kirish hamda shu tariqa ekstremistik materiallarni tarqatish va o‘z faoliyatini olib borish imkonidan mahrum qilinishini  xohlayotganini ta'kidladi. Ayniqsa, odam savdosiga alohida e'tibor zarur, deb hisoblaydi vazir.

 

Ko‘proq yangiliklar: