Chempionlar Ligasida sermahsullik rekordi o‘rnatildi

Sport 11:29 / 25.04.2018 11583

Chempionlar Ligasi 2017/18 mavsumida jamoalar juda ko‘p gol urmoqdalar.

Shu paytgacha o‘tkazilgan 121ta o‘yinda darvozalarga 384ta to‘p kiritilgan. O‘rtacha hisobda bir o‘yinga 3,17 goldan to‘g‘ri kelmoqda, bu musobaqa tarixidagi rekord natijadir. Agar qolgan barcha o‘yinlarda gol urilmasa ham, rekord natija baribir pasaymaydi. Avvalgi rekord o‘tgan mavsumda o‘rnatilgan bo‘lib, 3,04 golga teng edi.

Eng ko‘p gol - 449ta, 2000/01 mavsumida urilgan bo‘lib, o‘rtacha sermahsullik – 2,86ga teng edi. Biroq, u paytlari musobaqada ikkita guruh bosqichi mavjud bo‘lib, o‘yinlar soni ham ko‘p edi - 157ta.

Ko‘proq yangiliklar: