«Harakatlar kamroq – konversiya ko‘proq» - S. Boyarskiy OK.ru ning imkoniyatlari va ko‘lamlari haqida»

Fan-texnika 13:19 / 25.04.2018 7213

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ining strategik mahsulotlarni rivojlantirish bo‘yicha direktori Semyon Boyarskiy kun.uz internet-nashriga bergan intervyusida OK’ning eng yangi reklama vositalari, ijtimoiy tarmoqda biznes uchun qanday imkoniyatlar mavjudligi to‘g‘risida gapirib berdi.

Foto: Odnoklassniki 

Semyon Boyarskiy - OKga o‘tgunga qadar ham agent, ham mijoz tomonda ishlab ko‘rgan professional dijital-marketolog. Mijoz tomondan PepsiCo sharbat brendlari uchun Digital strategiyasini ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish bilan shug‘ullangan. Agent tomonidan P&G, Motivi, Parker va shu kabi brendlar bilan ishlagan.

- OK.ru foydalanuvchilari uchun vositalar va maxsus imkoniyatlar to‘g‘risida gapirib bering: OK nimaning hisobiga raqobatchilarini yengmoqda yoki, boshqacha so‘zlar bilan aytganda, o‘zbek bozoridagi Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ining asosiy afzalligi nimadan iborat.

Bizning kuchimiz bizning auditoriyamizda. O‘zbekistondagi Odnoklassniki – bu mamlakatning barcha mintaqalariga taqsimlangan barcha yosh va ijtimoiy guruhlarga oid 2 mln ga yaqin foydalanuvchilardir. Bu ijtimoiy tarmoq orqali o‘z mahsulotlari va xizmatlarini targ‘ib qilayotgan biznes uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochib beradi.

O‘zbekistonda, yirik reklama beruvchilar bilan ishlashdan tashqari, biz sizning mamlakatingizda faol ravishda rivojlanayotgan kichik va o‘rta biznesga ishonch bildirmoqdamiz.

OKda uncha katta bo‘lmagan kompaniyalar va uyushmalarning yaratuvchilariga postlarni targ‘ib qilishning “kapot ostida” murakkab mexanizmli oddiy vositasini ishlab chiqdik. Siz guruhda postni yaratasiz, foydalanuvchilarning jinsi, yoshi, geografiyasi, qiziqishlari va daromadlari to‘g‘risidagi axborotlar bo‘yicha targetingni to‘g‘rilab chiqasiz. Va “Postni targ‘ib qilish” tugmachasini bosasiz. Sizning ehtiyojlaringizga mo‘ljallab biz avtomatik tarzda sozlab chiqqan ko‘plab murakkab yaratilgan parametrlar (chastota, ko‘rsatish bahosi, platforma va hokazo) siz uchun kadr ortida qoladi. 

Reklama postlarining mazmuniga kelsak, biz doimo reklama va qiziqarli kontekstning miksidan foydalanishni tavsiya etamiz. Bu maqsadli auditoriyaning iloji boricha ko‘proq qismini qamrab olish va ijtimoiy tarmoqning virtualligi yordamida yangi sodiq mijozlarga ega bo‘lish imkoniyatini beradi.

Oxirgi paytda biznes o‘z guruhlarida tobora ko‘proq videotranslyatsiyalardan foydalanmoqda. Bu maksimal darajada tabiiy ko‘rinadi, negaki video – hozirgi kunda bizning barcha foydalanuvchilarimizning sevimli formati hisoblanadi. Xususan, masalan, Marvel yaqinda Rossiyaga “Galaktika qo‘riqchilari” filmining qahramonlarini olib keldi va ular bilan Moskvaning “Oktyabr” kinoteatridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyani (https://ok.ru/live/298332462609) amalga oshirgan edi. Bir tomondan, bu ularning filmlarining reklamasi, boshqa tomondan esa – kinoqahramonlari bilan muloqot qilishdir. OK Livedagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda odamlar ularga o‘z savollarini yozishganda, bu yaxshi jalb etish va ko‘rib chiqishlarning katta miqdorini bergan edi.

Foto: Odnoklassniki 

- Yangi vositani yaratish jarayoni to‘g‘risida gapirib bersangiz (g‘oya qanday tug‘ildi, ishlab chiqishga qancha vaqt kerak bo‘ldi, qancha odam bu ishga jalb etilgan edi). Yaqin vaqt ichida "Odnoklassniki"da qanday vositalarga katta e'tibor qaratiladi.

Oxirgi yil ichida OKda ko‘plab yangi mahsulotlar va reklama formatlari paydo bo‘ldiki, ular brendlarga o‘zlarining taniqliliklarini oshirish va guruh obunachilari bilan samarali o‘zaro aloqa qilish imkonini berishadi. 

Reklama vositalarini yaratishda biz ikki tamoyilga amal qilamiz: ular konversiyani oshirishi va foydalanuvchi xarid qilish oldidan amalga oshiradigan harakatlarning sonini kamaytirishi kerak.

Shunday qilib, masalan, bizning yangi o‘ziga xos Canvas vositamiz – bu mobil reklama formatidirki, u qurilma giroskopiga bog‘langan interfaol elementlar bilan brend saytining o‘tkazish sahifasi kabi ko‘rinishga ega. Canvas tufayli xaridorlarga chet saytlarga o‘tishning hojati qolmaydi, brend bilan o‘zaro aloqa ijtimoiy tarmoqning ichida ro‘y beradi.

Konversiyani oshirish uchun Lead Ads formatidan foydalanish mumkin. Unga "Odnoklassniki"ning barcha guruhlari sozlanmalaridan kirish imkoni bor. Uning yordamida foydalanuvchidan qanday anketa ma'lumotlarini so‘rashni ko‘rsatgan holda shaklni yaratish va sozlash mumkin. Ijtimoiy tarmoqdan lidlarni bunday xarid qilishdan ko‘chmas mulk bilan shug‘ullanuvchi banklar, avtosalonlar va kompaniyalar faol ravishda foydalanishadi.

- Qanday vosita daromadlarning eng katta ulushini olib kelmoqda?

"Odnoklassniki"da an'anaviy ravishda monetizatsiya qilishning uch asosiy manbasi bor: pullik servislar (Internet value-added services, IVAS), o‘yinlar va reklama. Shu bilan birgalikda aynan reklama – hozirgi paytda ijtimoiy tarmoq daromadlarining eng dinamik ravishda o‘sib borayotgan manbasidir. Agar reklamani joylashtirishning eng ko‘p daromad keltiradigan joylari haqida gapiradigan bo‘lsak, u holda bu lentadir. Negaki, diqqat-eʼtibor zonasida bo‘lgan barcha narsa hamisha yaxshi konversiyani beradi. O‘zbekistonda OK foydalanuvchilarining 94% mobil qurilmalardan kirishini inobatga olsak, u holda biz tadbirkorlarga aynan yangiliklar lentasiga ishonch bildirishlarini maslahat beramiz.

- Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi shaxsining Facebook, Instagram, Twitter, shuningdek Telegramda o‘z rasmiy sahifalari mavjud. OK.runing afzalligi nimada va nima uchun unda Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z sahifasini ochishi muhim hisoblanadi?

O‘zbekistondagi Odnoklassniki – turli mintaqalar bo‘yicha taqsimlangan faol jalb etilgan auditoriyasi bor qudratli media vositasidir. Agar hukumat uchun o‘z nuqtai nazarini keng tarqatish va fuqarolar bilan muloqot qilish muhim bo‘lsa, u holda buning uchun hamma yerda bo‘lish kerak. Boz ustiga, OK maydoncha sifatida faqat guruhlar bilan chegaralanmasdan, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalarni olib borish imkonini beradi. Masalan, Moldova prezidenti Igor Dodon (https://ok.ru/igor.dodon1) muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlarda strimlarni o‘tkazadi va oddiy foydalanuvchilar bilan muloqot qiladi: uning har bir translyatsiyasi o‘rtacha bir yarim million ko‘rib chiqishlarni to‘playdi.

- O‘zbekistonda Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ini rivojlantirish strategiyasi: OK.ru ni qanday qilib O‘zbekiston poytaxtiga qaytarish mumkin (ma'lumki foydanuvchilarning aksariyati – bu viloyatlar aholisidir)

Men savolni bunday qo‘ymagan bo‘lar edim. O‘zbekistonda "Odnoklassniki" Toshkentni ham kiritgan holda barcha mintaqalarda ommabop hisoblanadi. Biz muntazam ravishda yangi servislar: ekranda namoyish etish bilan videoqo‘ng‘iroqlar, o‘ziga xos kontentni targ‘ib qilish tizimi bilan «Tavsiyalar» lentasini ishga tushirmoqdamizki, ular shu jumladan poytaxt auditoriyasi uchun ham qiziqarlidir. Toshkentda ommabop hisoblangan turli xil media vositalari o‘z materiallarini OKda chop etadi (Kun.uz, Repost.uz, Uzdaily.uz internet-nashrlari, Zo’r TV, Milliy telekanallari va boshqalar).

Biz, shuningdek, kontent va servislar: kibersport musobaqalarining translyatsiyasi, ommabop blogerlardan videokontent, OAV, xususan O’zbekiston 24 va UzReport TV telekanallari bilan turli xil loyihalarni rivojlatirmoqdamizki, ular ham Toshkent aholisiga, ham ijtimoiy tarmoqning hududiy auditoriyasiga birdek darajada foydali va qiziqarli bo‘lishi mumkin.

- Semyon, bu yil uchun o‘zingizga qandaydir shaxsiy maqsadlarni qo‘yganmisiz, agar ha bo‘lsa, u holda ular qanday?

Mening eng muhim ustuvor vazifalarimdan biri – OKni bozordagi: har qanday biznesni targ‘ib qilish uchun samarali vositalarning keng tanlovi bo‘lgan eng texnologik reklama maydonchasiga aylantirishdir. O‘tgan yili biz yettita yangi reklama formatlarini ishga tushirdik va bu yil ijtimoiy tarmoqda reklama texnologiyalarini rivojlantirishni davom ettiramiz. Bu bizga nafaqat reklama beruvchilarga auditoriya bilan o‘zaro aloqa qilish, balki foydalanuvchiga reklama yukini kamaytirishning yangi imkoniyatlarini beradi. Reklama qanchalik ko‘p samarali bo‘lsa, u shunchalik ijtimoiy tarmoqda mijozlarni jalb qilish uchun kamroq kerak bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: