Rajab Toyyip Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi qachon amalga oshirilishi ma'lum bo‘ldi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘an joriy yilning 29 aprel kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga keladi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Turkiya yetakchisi 29 aprel - 1 may kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib, prezident Shavkat Mirziyoyev bilan asosan iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama etishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, madaniy va sayyohlik loyihalariga sarmoya kiritish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, qurilish materiallari, tekstil, farmatsevtika va boshqa shu qator sohalarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hamkorlik shartlari kelishib olinadi.
Xabar qilinishicha, prezident Erdo‘g‘an O‘zbekistondan so‘ng, Janubiy Koreyaga tashrif buyurishi ham rejaga kiritilgan.
Mavzuga oid

20:28 / 15.04.2024
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikistonga boradi - OAV

21:51 / 02.11.2023
Fransiya prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakunlandi

19:46 / 20.02.2023
O‘zbekiston prezidentining Misrga rasmiy tashrifi boshlandi

14:47 / 20.02.2023