Jamiyat | 09:49 / 24.04.2018
5679
2 daqiqa o‘qiladi

Yakkabog‘ tuman rahbarlari yosh tadbirkorning masalasini ijobiy hal etishdi, muammo bartaraf etildi

Foto: Kun.uz

Joriy yilning 13 aprel kuni KUN.UZ saytida “Yakkabog‘ tumani rahbarlari yosh tadbirkorga nega “ko‘cha”chasiga shart qo‘ymoqda?” sarlavhasi ostida tahliliy maqola e'lon qilingan edi. Unda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkor Sanjar Safarov va tuman rahbarlari o‘rtasida yer masalasi bo‘yicha turli munozaralar bo‘lgani haqida yozilgan edi.

Kuni kecha Sanjar biz bilan bog‘landi. Uning ovozida xushkayfiyat alomatlari sezilib turar edi. 

- Bu maqola chiqqach, oradan to‘rt-besh kun o‘tib, meni hokimiyatga chaqirishdi. Rahbarlar bilan o‘zaro kelishib, ular menga 22 gektar yer maydonini beradigan bo‘lishdi va bu haqdagi qarorni qo‘limga tutqazishdi. Shaxsan tuman hokimining o‘rinbosari Mansur To‘ymayev mazkur ishda tushunmovchilik bo‘lganini, tumandagi tadbirkorlar hokimiyat tomonidan doim qo‘llab-quvvatlanishini aytdi. Bugun juda xursandman va ayni damda yerni haydash ishlarini boshlab yubordim.

Bu, albatta, quvonarli hol. Chunki mazkur yerga ishlov berish, uni ko‘kartirish va buning ortidan hosil olish ishlari ortida kimdir mehnat o‘rni bilan ta'minlanadi. Buning ortidan qanchadan qancha ro‘zg‘orning qora qozoni qaynaydi. Bugun prezident Shavkat Mirziyoyevning istagi ham xuddi mana shunday. Zero, tadbirkor bugun qanchalik kuch-quvvatga ega bo‘lsa, o‘sha yer, o‘sha makon shunchalik obod bo‘ladi, shunchalik taraqqiyotga yuz tutadi.

Sarvar Anvar o‘g‘li,
KUN.UZ muxbiri

Mavzuga oid