"Uyda yolg‘iz"ning zamonaviy muqobili: avstraliyalik bola onasidan arazlab Baliga yolg‘iz uchib ketdi

Foto: screenshot
Sidneyda yashovchi 12 yoshli bola onasi bilan janjallashib qolib, ota-onasining kredit kartasini oldi va buvisini aldab, Baliga uchib ketdi. Gap shundaki, onasi uning Baliga parvoz qilishiga ruxsat bermagan va buning natijasida ular janjallashib qolishgan. A Current Affair ko‘rsatuvida avstraliyalik bola tarixi so‘zlab berildi.
Dryu (bolaning ismi jurnalistlar tomonidan o‘zgartirilgan) Avstraliyaning bir necha aviakompaniyasi bolalarga ota-onasiz sayohat qilishga ruxsat berishini oldindan aniqlagan. U onlayn-chipta xarid qilib, kiyimlarini yig‘gan va ota-onasiga maktabga ketayotganini aytgan. Buning o‘rniga u aeroportga yo‘l olgan va G‘arbiy Avstraliya shtati poytaxti hisoblangan Pert shahriga, u yerdan esa - Balining asosiy shahri Denpasarga parvoz qilgan.
Dryuning so‘zlariga ko‘ra, undan faqat bir marta - Pertda qo‘nish vaqtida nima uchun yolg‘iz sayohat qilayotganini so‘rashgan. "Mendan shunchaki maktab guvohnomasi va tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomamni so‘rashdi", - deydi u. Teshiruvdan so‘ng u o‘z sayohatida davom etdi.
12 yoshli bola Baliga tashrifiga oldindan tayyorgarlik ko‘rgan: u All Seasons mehmonxonasidan nomer band qilgan. Joylashuv paytida u tez orada opasi kelishini aytgan. Manbada uning qancha vaqt sayohat qilganiga aniqlik kiritilmagan.
Maktab ma'muriyati bolaning ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilib, uning darslarda qatnashmaganini ma'lum qilgan. Bolaning onasi o‘g‘li Balida ekanidan xabar topgan va u yerga qarab yo‘l olgan. "Uning sayohatga ketganidan xabar topganimizdagi his-tuyg‘ularimni ta'riflashga so‘z ojiz", - deydi ona. Dryu esa qilgan ishidan hech ham afsusda emas.
Mavzuga oid

13:58 / 07.03.2025
Avstraliyada o‘smir o‘qotar qurol bilan samolyot bortiga yashirincha chiqdi

15:29 / 03.03.2025
Avstraliyada 2,4 mln chaqaloqning hayotini saqlab qolgan donor vafot etdi

15:57 / 25.02.2025
Avstraliyada kir yuvish mashinasidan dunyodagi eng xavfli ilonlardan biri topildi

15:26 / 25.02.2025